locale OZ

Niko Uilyams: Hozirning o‘zidayoq faoliyatimning oxirigacha «Atletik»da qolish haqidagi hujjatga jon deb qo‘l qo‘ygan bo‘lardim

Bilbaoning «Atletik» klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri o‘zining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Niko Uilyams: Hozirning o‘zidayoq faoliyatimning oxirigacha «Atletik»da qolish haqidagi hujjatga jon deb qo‘l qo‘ygan bo‘lardim
photo: gettyimages

Bilbaoning «Atletik» klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams o‘zining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

O‘tgan va undan oldingi yillarda futbolchining «Barselona» hamda boshqa top-klublarga o‘tishi borasidagi xabarlar faol tarqalgan edi. Biroq Niko basklarga sodiq qoldi.

«Hozirning o‘zidayoq faoliyatimning oxirigacha «Atletik»da qolish haqidagi hujjatga jon deb qo‘l qo‘ygan bo‘lardim», — deya jurnalist Fabritsio Romano Uilyamsning so‘zlarini keltirmoqda.

23 yoshli futbolchining qiymati Transfermarkt portali tomonidan 40 million yevroga baholangan. Yakunlangan mavsumda Niko Bilbao jamoasi safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting