Niko Pas “Komo”da qolishga qaror qildi
“Komo” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Niko Pas kelajagi borasida qaror qabul qildi.
21 yoshli futbolchi 2026/27-yilgi mavsumni Italiya klubida o‘tkazishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi bosqichda faoliyati uchun eng to‘g‘ri tanlov — yana bir yil “Komo”da qolish.
“Ko‘p haftalik o‘ylanishlardan so‘ng, hozir faoliyatim uchun eng yaxshi variant — meni o‘stirgan va bugungi futbolchiga aylanishimga yordam bergan ‘Komo’da yana bir yil qolish, degan qarorga keldim”, — dedi Niko Pas.
Futbolchi bu qaror nafaqat o‘zi, balki “Real” uchun ham foydali ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, kelayotgan mavsum faoliyatining ushbu bosqichida juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “Real” Niko Pasni 2027/28-yilgi mavsumda bir tomonlama qaytarib sotib olish huquqini saqlab qolgan.