Niko Pas jarohat sababli Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin
Italiyaning «Komo» klubi yarimhimoyachisi Niko Pas bo‘lajak Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
Futbolchining A Seriya 36-turi doirasidagi «Verona»ga qarshi o‘yinda (1:0) olgan tizza jarohati dastlab taxmin qilinganidan ko‘ra jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Shu sababli Pas uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin. Uning o‘rniga milliy terma jamoaga «Aston Villa» yarim himoyachisi Emiliano Buendiya chaqirilishi kutilmoqda.
Ortda qolgan 2025/2026 yilgi mavsumda Pas A Seriya doirasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq u JCh-2026 turnirida Argentina terma jamoasining asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishga asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilayotgan edi.