locale OZ

Niko O'Rayli — APL 2025/26 mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisi

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Niko O'Riley — APL 2025/26 mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisi
ФОТО: Getty images

Niko O'Rayli Angliya Premer-ligasida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

«Hujumda yordam berish, himoyada ishonchli bo‘lish — Niko O'Rayli bularning barchasini qila oladi», - deyiladi liga xabarida.

21 yoshli futbolchi ushbu mavsum APL doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Uning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting