Niko O’Rayli Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
Angliya terma jamoasi himoyachisi Niko O’Rayli «Manchester Siti» ixtiyoriga qaytdi. Futbolchi jarohat olgan va Millatlar ligasida Angliya terma jamoasining qolgan uchrashuvlarida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
Avvalroq 21 yoshli O’Rayli 2:0 hisobida Angliya g‘alabasi bilan yakunlangan Chexiyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi. Undan oldin Ispaniyaga qarshi bahsda (2:3) futbolchi to‘liq o‘yin o‘tkazgan, shundan so‘ng individual dastur asosida mashg‘ulot qilgan.
O’Rayli shanba kuni Xorvatiyaga qarshi o‘yinda, shuningdek, uch kun o‘tib bo‘lib o‘tadigan Chexiyaga qarshi ikkinchi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Futbolchi jarohatining jiddiylik darajasini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tish maqsadida klubiga qaytdi.
O’Rayli Angliya terma jamoasining Millatlar ligasidagi o‘yinlari uchun dastlabki tarkibidan chiqib ketgan oltinchi futbolchi bo‘ldi. Avvalroq Koul Palmer, Deklan Rays, Markus Reshford, Kobbi Maynu va Tino Livramento jamoa ixtiyorini tark etgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, bosh murabbiy Tomas Tuhel O’Raylining o‘rniga boshqa futbolchini terma jamoaga chaqirmaydi.