locale OZ

Niklas Züle 30 yoshida faoliyatini yakunladi

U jami 14 ta sovrin yutgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Niklas Züle 30 yoshida faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Niklas Züle 30 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Nemis futbolchisining so‘zlariga ko‘ra, u bu qarorni 18-aprel kuni “Xoffenhaym”ga (1:2) qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olganidan so‘ng qabul qilgan. Züle “Xoffenhaym”, “Bavariya” va “Borussiya” klublarida o‘ynagan va Chempionlar ligasini ham qo'lga kiritib, jami 14 ta sovrin yutgan.

“Shu yozda faoliyatimni yakunlashimni e’lon qilmoqchiman. Kiyim almashtirish xonasida shifokorimiz test o‘tkazdi, fizioterapevtga qaradi va boshini chayqadi. Men dushga kirdim va “U [tizzaning xochsimon payi] uzilgan” degan o‘y bilan 10 daqiqacha yig‘ladim. Ertasi kuni men MRTga bordim va yaxshi xabar oldim, shunda men uchun bu hammasi, hamma narsa tugagani 1000% ga aniq bo‘ldi. Yashash, mustaqil bo'lish, ta'tilga borish, farzandlar bilan vaqt o'tkazish imkoniyatlarini kutib, keyin esa uchinchi marta "xochsimon paylar"ni uzib olishdan ko'ra yomonroq narsani tasavvur qila olmasdim”, — deya Züle so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Borussiya” rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting