locale OZ

Nik Voltemade “Yuventus”ga o‘tish uchun Italiyaga yo‘l oldi

24 yoshli germaniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va transferni yakunlash uchun Italiyaga yo‘l oldi.
Nik Voltemade “Yuventus”ga o‘tish uchun Italiyaga yo‘l oldi
Foto: Getty Images

“Nyukasl” hujumchisi Nik Voltemade faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishga yaqin turibdi. 24 yoshli germaniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va transferni yakunlash uchun Italiyaga yo‘l oldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Yuventus” va “Nyukasl” futbolchining bir mavsumlik ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Turin klubi ijara uchun ingliz jamoasiga 4 million yevro to‘laydi. Kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.

Agar tibbiy ko‘rik muvaffaqiyatli yakunlansa, Voltemade “Yuventus” bilan shartnoma imzolaydi va 2026/27-yilgi mavsumni Italiya klubida o‘tkazadi. “Yuventus” jismonan kuchli markaziy hujumchi izlayotgan edi va yakunda germaniyalik futbolchi variantida to‘xtadi.

Ma’lumot uchun, Nik Voltemade “Nyukasl” safiga 2025-yil yozida kelib qo‘shilgan. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan, Transfermarkt esa futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting