locale OZ

Nik Voltemade: “Ibrahimovichdan o‘zim uchun ko‘p narsa olganman”

24 yoshli germaniyalik forvard Zlatan Ibrahimovichni o‘ziga ilhom bergan futbolchilardan biri sifatida tilga oldi.
Nik Voltemade: “Ibrahimovichdan o‘zim uchun ko‘p narsa olganman”
Foto: Getty Images

“Yuventus”ning yangi hujumchisi Nik Voltemade o‘z o‘yin uslubiga ta’sir qilgan futbolchilar haqida gapirdi. 24 yoshli germaniyalik forvard Zlatan Ibrahimovichni o‘ziga ilhom bergan futbolchilardan biri sifatida tilga oldi.

Bo‘yi 1,98 metr bo‘lgan Voltemade o‘zini klassik markaziy hujumchi deb hisoblamasligini ta’kidladi. Uning fikricha, asosiy ustunliklari texnika, o‘yinni tushunish, gol urish va jamoadoshlariga so‘nggi uzatmani yetkazib berish qobiliyatidir. Futbolchi Ibrahimovichning baland bo‘yiga qaramay yuqori texnikaga ega bo‘lgani doimo unga yoqqanini aytdi.

Voltemade Kay Havertsni ham o‘ziga yaqin futbolchilardan biri sifatida tilga oldi. Germaniyalik hujumchining aytishicha, u turli futbolchilarning kuchli jihatlarini o‘z o‘yiniga qo‘shishga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Voltemade yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida “Nyukasl”dan “Yuventus”ga bir mavsumga ijaraga o‘tdi. Kelishuv 2027-yil iyunigacha amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting