locale OZ

Nigeriya mundialda quruq qolgach Kongo ustidan FIFAga shikoyat qildi

Tashkilot bu masala boʻyicha yakuniy qarorni mart oyida eʼlon qilishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nigeriya mundialda quruq qolgach Kongo ustidan FIFAga shikoyat qildi
FOTO: Getty Images

Nigeriya futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida DR Kongo terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bahs (1:1, penaltilar — 3:4) natijalaridan norozi bo‘lib, FIFA’ga rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Nigeriya tomoni DR Kongo safida ushbu uchrashuvda ishtirok etgan 6–9 nafar futbolchi o‘yinlarda qatnashish huquqiga ega bo‘lmaganini ta’kidlamoqda. Gap Yevropada tug‘ilgan va fuqarolikni o‘zgartirish jarayonida Yevropa pasportidan rasman voz kechmagan futbolchilar haqida bormoqda. DR Kongo qonunchiligiga ko‘ra esa, mamlakatda ikki fuqarolikka ruxsat etilmaydi.

Qayd etilishicha, FIFA ushbu shikoyat bo‘yicha yakuniy qarorni mart oyida start oladigan qit’alararo pley-off bahslaridan oldin e’lon qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nigeriya terma jamoasi Afrika qit’asi saralash pley-off finalida DR Kongo bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada kongoliklar qit’alararo pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Nigeriya esa Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting