Nigeriya futbolchilari mashg'ulotlardan bosh tortmoqda
Bunga mukofot pullari berilmagani sabab bo'lgan.
ФОТО: Getty images
Nigeriya terma jamoasi futbolchilari va texnik xodimlari 2026 yilgi Jahon chempionati Afrika pley-off bosqichi oldidan mashg'ulotlarni to'xtatib qo'ydi.
Bunga terma jamoa a'zolari 2019 yildan buyon to'lanmagan nafaqa va mukofot pullari sabab norozilik bildirmoqda.
Shuningdek, Nigeriya milliy terma jamoasi futbolchilari 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi hamda Jahon chempionati pley-offiga chiqish uchun va'da qilingan bonuslarni hali olishmagan.
Shu sabab futbolchilar va murabbiylar shtabi mashg'ulotlarni to'xtatib qo'ygan.
Ma'lumot uchun, Nigeriya terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida joriy yilning 14 noyabr kuni Rabatdagi “Muulay Hassan” stadionida Gabon bilan bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist