Niderlandiya yetakchi, Yaponiya, Shvetsiya va Tunis pley-off uchun kurashadi. F guruhi haqida gaplashamiz
F guruhi ayni shu jihati bilan ahamiyatli: barcha to‘rtta jamoada ham pley-offga chiqish uchun chinakam imkoniyat mavjud. Yaqqol favorit – Niderlandiya, biroq ularning tarkibi raqiblarni imkoniyatsiz qoldiradigan darajada kuchli emas.
Yaponlar odatdagidek oxirigacha kurashadilar, maydonda bor kuchini sarflashadi va so‘nggi jahon chempionatlarida muntazam ravishda guruhdan chiqib kelishmoqda. Shvetsiya turnirga qiyinchilik bilan yo‘l oldi, biroq uning tarkibida Yevropa futbolining taniqli yulduzlari bor. Tunis to‘rtinchi o‘rin uchun asosiy da’vogardek ko‘rinmoqda.
Niderlandiya
Murabbiy
Ronald Kuman 2023 yilda yana milliy jamoa boshqaruviga qaytdi. U avval ham terma bilan ishlagan, biroq pandemiya sababli qoldirilgan Yevropa chempionatini kutmasdan “Barselona”ga yo‘l olgan va u yerda ishlari yurishmadi.
Qaytishidan so‘ng niderlandiyaliklar Euro-2024da munosib ishtirok etdi: yarim finalgacha yetib borishdi va hal qiluvchi o‘yinda Angliyaga so‘nggi daqiqalarda yutqazishdi.
Yulduzlar
Jamoaning yetakchisi — Virjil van Deyk. “Liverpul” himoyachisi nafaqat mudofaa ustuni, balki hujumlarni boshlab beruvchi muhim figura hamdir. Standart holatlarda esa asosiy xavf manbai hisoblanadi.
Markazda Frenki de Yong (“Barselona”) himoya bilan hujumni bog‘laydi va pressingdan chiqishda jamoaga yordam beradi.
Hujum chizig‘ida esa Doniyel Malen alohida ajralib turibdi. U qishda “Roma”ga o‘tib, A Seriyada 18 o‘yinda 14 gol urdi. Shuningdek, murabbiyning ishonchli shogirdi Memfis Depay (“Korintians”) ham jamoada bor.
Maqsad
Oxirgi jahon chempionatida niderlandlar chorak finalgacha yetib, keyinchalik chempion bo‘lgan Argentinga yutqazgan edi. Bu safar ham shu natijani takrorlash imkoni bor, ammo undan yuqoriga ko‘tarilish qiyin kechadi.
Katta favoritlarga qarshi o‘yinlarda jamoa autsayder sifatida baholanadi. Bu yerda intizomli va tizimli o‘yin hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.
Chempionlik ehtimoli (Opta): 3,6%
Yaponiya
Murabbiy
Xadzime Moriyasu 2018 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. U Qatar-2022da sensatsiya yaratib, guruh bosqichida Ispaniya va Germaniyani mag‘lub etgan, biroq 1/8 finalda Xorvatiyaga yutqazgan edi.
Moriyasu jamoada qattiq intizom o‘rnatgan: futbolchilardan maksimal mehnat talab qiladi. Shu bois Yaponiya termasi intizomli, ishchan va xatolari kam jamoa hisoblanadi.
Yulduzlar
Jahonda eng mashhur yapon futbolchilaridan biri — Kaoru Mitoma (“Brayton”), ammo u jarohat sabab mundialni o‘tkazib yuboradi.
Shunga qaramay, tarkibda kuchli futbolchilar yetarli. Jumladan, Ayase Ueda (“Feyenoord”) o‘tgan mavsum 25 gol urdi.
Shuningdek, Ritsu Doan (“Ayntraxt”), Takefusa Kubo (“Real Sosedad”) ham jamoaning muhim figuralari.
Markazda Daychi Kamada (“Kristal Pelas”), jamoa sardori sifatida esa Wataru Endo (“Liverpul”) harakat qiladi.
Shvetsiya
Murabbiy
Graham Potter saralash bosqichi paytida jamoaga taklif etildi. U avval “Chelsi” va “”da muvaffaqiyatga erisha olmagan, ammo Shvetsiyadagi faoliyati davomida yaxshi natijalar ko‘rsatgan.
Yulduzlar
Hujumda ikki katta nom — Viktor Dekeresh va Aleksander Isak (“Liverpul”). Qanotda Entoni Elanga (“Nyukasl”), himoyada esa tajribali Viktor Lindelef bor.
Maqsad
Shvetsiya avvalgi JChga chiqa olmagani uchun bu safar pley-offga chiqish ham yaxshi natija hisoblanadi. Biroq guruh juda murakkab.
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,4%
Tunis
Murabbiy
Sabri Lamushi jamoaga taklif etildi. U avval Kot-d'Ivuar milliy jamoasini boshqargan, ammo katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagan.
Yulduzlar
Jamoaning muhim o‘yinchilaridan biri — Hannibal Mejibri (“Byornli”). Shuningdek, Rani Xedira ham tarkibda.
Hujumda esa Hazem Masturi (“Dinamo” Maxachkala) zaxiradan maydonga tushishi mumkin.
Maqsad
Tunis guruhda autsayder hisoblanadi, biroq pley-off uchun kurashish imkoniga ega. Jamoa kuchli himoya va qarshi hujumlarga tayanadi.
Agar ular guruhdan chiqsa, bu mamlakat futbol tarixidagi katta yutuq bo‘ladi.
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,2%