locale OZ

Niderlandiya o‘z tarixida to‘rtinchi bor mundial o‘yinida 5 ta gol urdi

«Olovranglar» Shvetsiyani magʻlub etib, guruh peshqadamiga aylanib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Niderlandiya o‘z tarixida to‘rtinchi bor mundial o‘yinida 5 ta gol urdi
FOTO: Getty Images

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati «F» guruhi 2-turida Niderlandiya milliy terma jamoasi Shvetsiyani 5:1 hisobida tor-mor etdi. Shu tariqa, «olovranglilar» o‘z tarixlarida to‘rtinchi bor Jahon chempionatlari doirasidagi bitta uchrashuvda raqib darvozasiga 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Opta Analyst tahliliy sahifasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Niderlandiya ochkolari sonini 4 taga yetkazib, «F» guruhi turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib oldi. Mag‘lubiyatga uchragan Shvetsiya esa 3 ochko bilan hozircha ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruhning qolgan ikki vakili — Yaponiya (1 ochko) va Tunis (0 ochko) bo‘lib, ular hali 2-tur uchrashuvini o‘tkazishgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining 1-turida Niderlandiya Yaponiya bilan jangovar durang qayd etgan (2:2), Shvetsiya esa Tunisni yirik hisobda taslim etgan edi (5:1). Guruhning hal qiluvchi so‘nggi turida niderlandlar Tunis bilan, shvedlar esa Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur o‘yinlarning ikkalasi ham 26-iyun kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Mundialning guruh bosqichi bahslari 11-iyundan 27-iyunga qadar davom etadi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni band etgan eng yaxshi 8 ta terma jamoa pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting