locale OZ

Niderlandiya MTJ bosh murabbiyi O‘FFga minnatdorlik bildirdi

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miguel Andres Moreno O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov nomiga minnatdorlik maktubini yo‘lladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Niderlandiya MTJ bosh murabbiyi O‘FFga minnatdorlik bildirdi
photo: UFF

Niderlandiya MTJ bosh murabbiyi O‘FFga minnatdorlik bildirdi

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miguel Andres Moreno O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov nomiga minnatdorlik maktubini yo‘lladi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasining yuqori saviyasi e’tirof etilib, Niderlandiyaga tashrif hamda o‘tkazilgan ikki o‘rtoqlik uchrashuvi uchun samimiy minnatdorlik bildirilgan.

«Sizda juda ajoyib va kuchli terma jamoa hamda mahoratli futbolchilar mavjud», — deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi kuzda Jahon chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi. O‘zbekiston bilan o‘tkazilgan ikki uchrashuv mezbonlar uchun mazkur bahslar oldidan muhim sinov vazifasini o’tab berdi.

🇺🇿O‘zbekiston va Niderlandiya futzali o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik yangi uchrashuvlar va samarali loyihalar uchun mustahkam zamin bo‘lishi shubhasiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting