Niderlandiya JCHlar tarixida yangi rekord o‘rnatdi
Bu boradagi avvalgi rekord Germaniyaga tegishli edi.
ФОТО: Getty images
2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final doirasidagi Niderlandiya — Marokash uchrashuvida jahon chempionatlari tarixida yangi rekord qayd etildi.
Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. 72-daqiqada Kodi Gakpo Niderlandiyani hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90+1-daqiqada himoyachi Issa Diop hujumga qo‘shilib, bosh bilan kiritgan goli orqali Marokashga muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida ketma-ket oltinchi uchrashuvda ikkinchi bo‘limda ham gol urgan, ham gol o‘tkazib yuborgan ilk jamoaga aylandi.
Bu boradagi avvalgi rekord Germaniyaga tegishli edi. Nemislar 1986–1990 yillar oralig‘ida ketma-ket beshta o‘yinda ikkinchi taymda ham gol urgan, ham gol o‘tkazib yuborgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist