locale OZ

Niderlandiya Jahon chempionatlarida 100 talik golli dovondan o‘tdi

Gollandlar Shvetsiyani magʻlub etib, guruh peshqadamiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Niderlandiya Jahon chempionatlarida 100 talik golli dovondan o‘tdi
FOTO: Getty Images

Niderlandiya erkaklar milliy terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida kiritilgan gollar soni bo‘yicha 100 talik dovonni bosib o‘tdi. Ushbu tarixiy natija JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda qayd etildi. Bu haqda Squawka statistik sahifasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Niderlandiyaliklar ushbu ko‘rsatkichga erishgan dunyodagi sakkizinchi terma jamoaga aylanishdi. Bungacha faqatgina Braziliya, Germaniya, Argentina, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Angliya terma jamoalari mundiallarda 100 tadan ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘lishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 guruh bosqichi uchrashuvlari 11-iyundan 27-iyunga qadar davom etadi. Musobaqa reglamentiga muvofiq, har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni band etgan eng yaxshi 8 ta o‘tish jamoasi pley-off bosqichiga yo‘llanma oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting