locale OZ

Nico Williams 'Athletic' bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nico Williams 'Athletic' bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images

Nico Williams 'Athletic' klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, futbolchi va Bilbao klubi o'rtasida tuzilgan yangi kelishuv 2035 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq 'Barcelona' Nico Williamsning transferi bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yetganini va yaqin kunlarda futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishini e'lon qilishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq 'Athletic' iqtidorli futbolchini jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

O'tgan mavsumda Nico Williams barcha turnirlar doirasida jami 45 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning avvalgi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qilishi belgilangan edi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting