locale OZ

N’Golo Kante faoliyatini «Fenerbaxche»da davom ettiradi — manba

Turkiya grandi transfer uchun 4 mln yevro toʻlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
N’Golo Kante faoliyatini «Fenerbaxche»da davom ettiradi — manba
FOTO: Getty Images

«Al Ittihod» markaziy yarimhimoyachisi N’Golo Kante faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi. Tajribali fransuz futbolchisi «Fenerbaxche» klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Turkiya grandi ushbu transfer uchun Saudiya klubiga 4 million yevro to‘laydi. Kante «Fenerbaxche» bilan 2028 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Yaqin soatlar ichida futbolchi yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Kante 2023 yilning yozida erkin agent sifatida «Al Ittihod» safiga qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda 34 yoshli yarimhimoyachi barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting