locale OZ

Neymarning otasi o'g'lining kelajagiga oydinlik kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymarning otasi o'g'lining kelajagiga oydinlik kiritdi
FOTO: Getty Images

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Neymar faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda futbolchining otasi Neymar da Silva xabar berdi.

“Uning “Santos”da qolishi uchun yaxshi imkoniyat bor. Men buning ustida ishlayapman. Shu bilan birga, bozorda qiziqish borligini ham ko'ryapman. Biz shu hafta oxirida Mayamiga klublar bilan gaplashish uchun boramiz. Ularning tinglab, nima qilish kerakligini hal qilamiz.

Ha, Yevropa klublaridan ham qiziqish bor. Ulardan ba'zilari Chempionlar Ligasida o'ynaydi. Ular Neymarning ajoyib mavsum o'tkazishga qodir deb bilishadi. Ammo Braziliya bozori ham qiziq”, - deydi Neymar da Silva.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli braziliyalik hujumchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting