locale OZ

Neymarning jarohatdan tiklanish jarayoni ijobiy tomonga oʻzgarmoqda

Avvalroq futbolchi biroz noqulayliklar sezgandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Neymarning jarohatdan tiklanish jarayoni ijobiy tomonga oʻzgarmoqda
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jarohatidan soʻng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Soʻnggi tibbiy koʻrik natijalari ijobiy dinamikani koʻrsatgan, bu esa futbolchining yaqin orada maydonga qaytish imkoniyatlarini oshirmoqda. Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasi xabar berdi.

«Tekshiruvlar davolanish jarayoni muvaffaqiyatli va kutilgan koʻrsatkichlarga mos ravishda ketayotganini koʻrsatdi. U Braziliya terma jamoasi tibbiy shtabi tomonidan rejalashtirilgan tiklanish va jismoniy tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi», — deyiladi Braziliya futbol konfederatsiyasi bayonotida.

34 yoshli forvard terma jamoaning soʻnggi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi. U joriy mavsum davomida bir necha bor sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga duch kelgandi.

Maʼlumot oʻrnida, Karlo Anchelotti qoʻl ostidagi Braziliya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichini Marokashga qarshi oʻyin bilan boshlaydi, shundan soʻng Shotlandiya va Gaiti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting