locale OZ

Neymar yana jarohat oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar yana jarohat oldi
FOTO: Getty Images
Braziliya A seriyasi
16.04.2025, Yak.
Santos FC
2
Atletico MG
0

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Neymar ichki chempionatning 4-turidan o'rin olgan “Atletiko Mineyro”ga qarshi o'yinda (2:0) jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchining mart oyidan beri bezovta qilib kelayotgan chap son qismidagi jarohati yana qaytalangan. Aynan shu jarohat sabab Neymar JCh-2026 saralashi doirasidagi Kolumbiya va Argentinaga qarshi bahslarini o'tkazib yuborgandi.

Ma'lumot uchun, “Santos” Braziliya chempionatining joriy mavsumidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting