locale OZ

Neymar yana jarohat oldi va 2025 yilning oxirigacha safdan chiqdi

Braziliyalik hujumchi jamoasiga muhim pallada yordam bera olmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar yana jarohat oldi va 2025 yilning oxirigacha safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Santos» hujumchisi Neymar chap tizzasining menisk jarohati sabab 2025 yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Neymar Braziliya A Seriyasining 35-turi oldidan chap tizzasida og‘riq sezgan va «Internasional»ga qarshi o‘yinni shu sababli o‘tkazib yuborgan. Dastlab jarohat jiddiy emas deb baholangan, biroq tekshiruvlar uning kutilganidan og‘irroq ekanini ko‘rsatgan.

Shu bois Neymar jamoaga elita divizionida qolish uchun hal qiluvchi uchrashuvlarda yordam bera olmaydi.

Joriy mavsumda braziliyalik yulduz «Santos» safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

Neymarning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 11 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting