locale OZ

Neymar “Sinsinnati” transferidan hafsalasi pir bo‘ldi

Braziliyalik yulduz faoliyatini yuqori saviyada davom ettirishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar “Sinsinnati” transferidan hafsalasi pir bo‘ldi
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar MLS vakili “Sinsinnati” klubining uni transfer qilish borasidagi ishlaridan norozi bo‘lib qolgani xabar qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika klubi futbolchi vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan bo‘lsa-da, jarayon kutilganidek tez kechmayapti. Shu sababli Neymar transfer masalasidagi ishlarning sust borayotganidan hafsalasi pir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 34 yoshli futbolchining asosiy maqsadi — faoliyatini yuqori saviyada davom ettirish va 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyingi faoliyati bo‘yicha eng maqbul variantni tanlashdir. Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Ma’lumot uchun, Neymar 2025-yilda “Santos”ga qaytgan. Uning Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning oxiriga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting