Neymar «Santos» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi
Braziliyalik yulduz kamida yana bir yil «Santos»da toʻp suradi.
FOTO: Getty Images
Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Neymar jamoa bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli vinger kamida 2026 yil dekabriga qadar «Santos» safida to‘p surishda davom etadi.
Avvalgi mehnat shartnomasi 2025 yil 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan edi. Joriy mavsumda Neymar Braziliya chempionatida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik yulduz futbolchining hozirgi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist