Neymar Olisega imzolangan futbolkasini sovg‘a qildi
“Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Olise o‘z kumiri Neymar tomonidan imzolangan futbolkani sovg‘a sifatida qabul qildi. Braziliyalik futbolchi maxsus futbolkani “Bavariya”ning “Union Berlin”ga qarshi uchrashuvidan so‘ng Olisega yetkazib berdi. Bu haqda 433 media platformasi e’lon qilgan videoda ma’lum bo‘ldi.
Neymar futbolkaga Olise uchun maxsus tilak yozib qoldirgan. Sovg‘ani ko‘rgan fransiyalik futbolchi xursandligini yashirmadi va bu aynan o‘zi xohlagan futbolkalardan biri ekanini aytdi. Neymar esa javoban Olisedan ham imzolangan futbolka olish istagini bildirgan.
Olise braziliyalik yulduzning taklifini darhol qabul qildi. U “Bavariya” futbolkasiga dastxat qo‘yib, uni Neymarga yuborish uchun topshirdi. Shu tariqa ikki futbolchi o‘zaro imzolangan futbolkalarini almashdi.
Ma’lumot uchun, Olise “Union Berlin”ga qarshi Bundesliga uchrashuvida xet-trik qayd etdi. “Bavariya” mazkur bahsda raqibini 7:0 hisobida mag‘lub etdi.