locale OZ

Neymar ogʻir jarohat olgan Rodrigoga dalda berdi

«Real» hujumchisi uzoq muddatga safdan chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar ogʻir jarohat olgan Rodrigoga dalda berdi
FOTO: Getty Images

«Santos» hujumchisi Neymar La Liganing 24-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi o‘yinda (0:1) o‘ng oyog‘idagi tizzasining xochsimon bog‘lamlari va meniskini yirtib olgan «Real Madrid» vingeri Rodrigo Goesga dalda berdi.

«Bugun men uchun eng mahzun kunlardan biri. Rodrigoning jarohati haqida eshitganimda, ko‘z oldimdan butun bir film o‘tib ketdi. Ushbu jarohat bilan yashashdagi barcha azoblar, qiynoqlar va qo‘rquvlar!

Mening «o‘nligim», mening vorisim (men seni shunday atayman), sendan faqat bir narsani so‘rayman — ruhiyatingni asra. Hozir atrofingga o‘zing yaxshi ko‘rgan barcha insonlarni yig‘adigan vaqt.

Sen aytganingdek, hozir bunga loyiq emasding, lekin Xudoning rejalariga shubha qilishga biz kimmiz?

Uka, senga kuch tilayman. Ishonamanki, sen qaytasan va yana yuqori cho‘qqilarda parvoz qilasan. Sen meni qanday qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsang, men ham yoningda shunday tura olaman», — deb yozdi Neymar o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting