locale OZ

Neymar muxlisga keskin javob berdi: “Tizzasiz ham jamoangizdagi har bir futbolchidan yaxshiroqman”

Jarohati sabab maydonga tushmagan braziliyalik futbolchi bahsni “Vila Belmiro” tribunalaridan kuzatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar muxlisga keskin javob berdi: “Tizzasiz ham jamoangizdagi har bir futbolchidan yaxshiroqman”
Foto: Getty Images

“Santos” hujumchisi Neymar “Atletiko Mineyro”ga qarshi uchrashuv vaqtida raqib jamoa muxlislaridan biriga keskin javob qaytardi. Jarohati sabab maydonga tushmagan braziliyalik futbolchi bahsni “Vila Belmiro” tribunalaridan kuzatdi.

Uchrashuv davomida “Atletiko Mineyro” muxlislari Neymar tomon turli gaplar aytganidan so‘ng, 34 yoshli futbolchi ularga javob berdi: “Men tizzasiz ham jamoangizdagi har bir futbolchidan yaxshiroqman”, — dedi Neymar.

Bahs Janubiy Amerika kubogi doirasida o‘tkazildi va “Santos” o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Neymar hozirda son mushagidagi jarohat sabab safdan chiqqan va tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Neymarning “Santos” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil oxirigacha mo‘ljallangan. Braziliyalik futbolchi 2017-yilda “Barselona”dan PSJga 222 million yevro evaziga o‘tib, futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting