locale OZ

Neymar muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Braziliyalik hujumchi jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
FOTO: Getty Images

Braziliyaning «Santos» klubi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida jamoaning yetakchi vingeri Neymar medial menisk uzilishi sabab o‘tkazilgan artroskopik jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli boshdan kechirganini ma’lum qildi.

«Medial meniskdagi shikastlanishni davolash uchun artroskopiya amalga oshirildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, futbolchining ahvoli yaxshi. Neymar bugun kunduz kuni shifoxonadan chiqariladi va reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Tiklanish jarayoni uning fizioterapevti Rafael Martini tomonidan muvofiqlashtiriladi», — deyiladi bayonotda.

Noyabr oyida Neymar San-Paulu shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va unda menisk shikastlangani aniqlangan edi. Shundan so‘ng u Braziliya chempionatining 37-turida «Juventude»ga qarshi bahsda (3:0) maydonga tushib, xet-trik qayd etdi. Ushbu g‘alaba «Santos»ni quyi ligaga tushib ketish zonasidan olib chiqdi va jamoa oliy diviziondagi o‘rnini saqlab qoldi.

Mavsum yakuniga ko‘ra «Santos» turnir jadvalida 47 ochko bilan 12-o‘rinni egalladi. 33 yoshli braziliyalik futbolchi mavsum davomida 28 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol muallifiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting