locale OZ

Neymar Marokashga qarshi o‘yinni oʻtkazib yuborishi mumkin — Romano

Braziliyalik hujumchi avvalroq “Santos” mashgʻulotlarida jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar Marokashga qarshi o‘yinni oʻtkazib yuborishi mumkin — Romano
FOTO: Getty Images

“Santos” hujumchisi Neymar Braziliyaning Jahon chempionatidan oʻrin olgan Marokashga qarshi ilk oʻyinini oʻtkazib yuborishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, murabbiylar shtabi Neymar jarohatdan vaqtida tiklanib, Marokashga qarshi start oʻyinida maydonga tusha olmasligidan xavotirda.

Qayd etilishicha, futbolchi ikki hafta ichida jarohatdan tiklanish uchun bor kuchini ishga soladi, ammo boldir mushagidagi jarohat uni iyun oʻrtalarigacha safdan chiqarishi mumkin.

Maʼlumot uchun, milliy terma jamoalarning faqatgina 1-iyunga qadar JCh-2026 uchun yakuniya qaydnomasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting