locale OZ

Neymar: «Jismonan oʻzimni yaxshi his qilyapman, keyingi o‘yinga ham tayyor boʻlaman»

«Santos» hujumchisi jarohatidan keyingi holati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar: «Jismonan oʻzimni yaxshi his qilyapman, keyingi o‘yinga ham tayyor boʻlaman»
FOTO: Getty Images

«Santos» hujumchisi Neymar jarohatidan keyingi holati haqida gapirdi.

«Jismonan o‘zimni yaxshi his qilyapman, har kuni yaxshilanayotganimni sezayapman. Bu jarohat bezovta qiladigan holat, lekin u meni to‘xtata olmaydi. Keyingi o‘yinga ham tayyor bo‘laman», — dedi Neymar.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Neymar chap tizzasidan jarohat olgandi, shuning uchun mavsum yakuniga qadar maydonga tushmasligi va 2025 yilda yana o‘yin o‘tkazmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Santos»ning tibbiy shtabi futbolchiga operatsiya qilishni tavsiya qilgan, biroq braziliyalik hujumchi chempionatning oxirgi turlarida maydonga chiqishni xohlamoqda, chunki jamoa Serie A'da o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun kurashyapti.

Joriy mavsumda Neymar klub darajasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatma berdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting