locale OZ

Neymar JCh-2026 guruh bosqichining 2-turida maydonga qaytishi kutilmoqda

Avvalroq braziliyalik futbolchi oyogʻida noqulaylik sezgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar JCh-2026 guruh bosqichining 2-turida maydonga qaytishi kutilmoqda
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar mushaklaridagi jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Taxminlarga ko‘ra, futbolchi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Gaiti terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga ulgura oladi. Mazkur bahs 19-iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Globo nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, yulduzli futbolchining tiklanish jarayoni reja asosida ketmoqda. Jarohati sababli Neymar «selesao»ning Fransiya (1:2), Xorvatiya (3:1) va Panama (6:2) terma jamoalariga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida 11 iyundan 19 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting