Neymar jarohatidan soʻng Braziliya terma jamoasining umumiy guruhidagi ilk mashgʻulotini oʻtkazdi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar AQSHda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatida jamoaning umumiy guruhidagi ilk mashgʻulotida ishtirok etdi. Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasining (CBF) X ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
34 yoshli hujumchi Nyu-Jersidagi mashgʻulot markazi maydoniga jamoadoshlari bilan birgalikda chiqdi. Bu uning joriy yilning 17-may kuni boldir mushagidan olgan jarohatidan keyingi ilk mashgʻulotidir.
Neymar oʻng oyoq boldir mushagidagi jarohatdan soʻng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Ushbu jarohat sababli u Braziliya terma jamoasining JCh-2026 doirasida Marokashga qarshi kechgan ilk uchrashuvini (1:1) oʻtkazib yuborgan edi. Uning guruh bosqichi 2-turidan oʻrin olgan va 20-iyun kuni Gaiti terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadigan bahsdagi ishtiroki hozircha soʻroq ostida turibdi.