locale OZ

Neymar Jahon chempionatiga bormasligi mumkin — CNN Brazil

Futbolchining Braziliya futbol federatsiyasi bilan munosabatlari yomonlashgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar Jahon chempionatiga bormasligi mumkin — CNN Brazil
FOTO: Getty Images

Braziliya futbol federatsiyasiga yaqin manbalarning xabar berishiga koʻra, Neymarning boʻlajak Jahon chempionatidagi ishtiroki bilan bogʻliq vaziyat oʻta noaniq boʻlib turibdi. Bu haqda CNN Brazil nashri maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, federatsiya rahbariyatida «Santos» hujumchisining uzoq muddatli tanaffuslar va jismoniy holatidagi muammolar sababli turnirga qadar kerakli sport formasini tiklay olishiga ishonch qolmagan.

Shuningdek, futbolchi va federatsiya mutasaddilari oʻrtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelgani aytilmoqda. Manbaning taʼkidlashicha, Neymarning baʼzi ommaviy bayonotlari va media maydonidagi xatti-harakatlari federatsiya ichida salbiy qabul qilinib, norozilik uygʻotmoqda.

Vaziyatning keskinlashuviga yaqinda boʻlib oʻtgan «Mirasol»ga qarshi oʻyin ham sabab boʻlgan. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchining holatini shaxsan baholash uchun oʻyinga tashrif buyurgan, biroq Neymar yuklamalarni nazorat qilish bahonasi bilan maydonga tushmagan va hatto stadionda ham koʻrinish bermagan. Federatsiya bu holatni oʻta salbiy baholagan.

Ichki manbalarga koʻra, aynan shu voqea munosabatlarning yomonlashuvida hal qiluvchi omil boʻlishi mumkin. Hozirda federatsiya Neymarning Jahon chempionati qaydnomasiga kiritilish imkoniyatini minimal darajada baholamoqda. Futbolchida vaziyatni oʻzgartirish uchun sanoqli oʻyinlar qolgan boʻlsa-da, ayni damda uning turnirga borishi dargumon koʻrinmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting