locale OZ

Neymar jahon chempionati vaqtida 880 ming yevroga soat sotib oldi

Neymar qimmatbaho qo‘l soatlari kolleksiyasi bilan ham mashhur.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar jahon chempionati vaqtida 880 ming yevroga soat sotib oldi
ФОТО: Getty images

Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi Neymar Jahon chempionati–2026 dagi dam olish kunida qimmatbaho xaridni amalga oshirdi.

A Bola ma'lumotiga ko‘ra, 34 yoshli forvard Nyu-Yorkdagi mashhur Jacob & Company zargarlik do‘koniga shaxsan tashrif buyurib, qiymati 880 ming yevro bo‘lgan yangi qo‘l soatini xarid qildi.

Xarid jarayoni videoga olingan va brendning ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilingan. Videoda Neymar va kompaniya asoschisi Jeykob Arabo TikTok'da ommalashgan virusli trendda ishtirok etgani sababli rolik keng tarqaldi.

Neymar qimmatbaho qo‘l soatlari kolleksiyasi bilan ham mashhur. Uning shaxsiy to‘plami bir necha million yevro bahosida ekani aytilmoqda. Kolleksiyadagi ayrim eksklyuziv namunalar qiymati 2 million yevrodan ham oshib ketadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting