Neymar futboldagi qaysi qoidani oʻzgartirishni xohlashini aytdi
«Santos» hujumchisi Neymar futboldagi aynan qaysi qoidani o‘zgartirishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi.
«Men ofsayd qoidasini o‘zgartirgan bo‘lardim. «O‘yindan tashqari holat» faqat balandlatib uzatilgan paslar vaqtida amal qilishi kerak. Agar pas oyoqqa yoki ko‘krak qafasidan pastroq darajada berilsa, ofsayd qayd etilmasligi lozim», — deya Neymarning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.
34 yoshli futbolchi 2025 yilning yanvar oyidan buyon «Santos» sharafini himoya qilib kelmoqda. Neymarning San-Paulu klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.