locale OZ

Neymar faoliyatini yakunlashi mumkin — manba

Transfermarkt portali braziliyalik yulduzning qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar faoliyatini yakunlashi mumkin — manba
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasi hamda “Santos” klubi hujumchisi Neymar professional futbol bilan xayrlashish vaqti yaqinlashayotganiga ishora qildi.

34 yoshli futbolchi Cazé TV nashriga bergan intervyusida kelajagi haqidagi qarorni yuragi qachon buyurishiga qarab qabul qilishini ta’kidladi.

“Oldinda nima bo‘lishini, kelasi yili nimalar kutayotganini bilmayman. Balki dekabr oyi kelsa, futbolni tark etishni xohlaraman. Men hozir hech narsa rejalashtirmay yashash rejimiga o‘tganman. Bu yil ‘Santos’ uchun ham, Jahon chempionati sababli Braziliya terma jamoasi uchun ham juda muhim”, deydi Neymar.​

Neymar 2025 yilning yanvar oyidan buyon “Santos” sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan. U San-Paulu klubi safida jami 254 ta o‘yinda maydonga tushib, 147 ta gol va 71 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali braziliyalik yulduzning qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting