locale OZ

Neymar faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Neymar faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 33 yoshli futbolchining xizmatlariga “Fenerbaxche” qiziqish bildirmoqda. Turk klubi Neymarga 1+1 ko'rinishidagi shartnoma taklif qilgan.

Qayd etilishicha, braziliyalik hujumchining “Santos” bilan tuzgan shartnomasida Yevropaning istalgan jamoasiga tekinga ketishi mumkin bo'lgan band bor.

Ma'lumot uchun, Neymar o'tgan mavsum barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting