Neymar dubl qayd etib, «Santos»ni mag‘lubiyatdan qutqardi
Braziliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Santos» va «Flamengo» o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvda mehmonlar Danilo va Lukas Paketa tomonidan kiritilgan gollar evaziga ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib oldi. Gollardan biriga sobiq SSKA va «Dinamo» futbolchisi Xorxe Karraskal golli uzatma bilan hissa qo‘shdi.
Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Neymar ikki marta penaltini aniq amalga oshirib, «Santos»ga hisobni tenglashtirishga yordam berdi.
Shu tariqa, «Santos»ning ketma-ket beshta g‘alabadan iborat seriyasiga chek qo‘yildi. Jamoa 42 ochko bilan turnir jadvalining sakkizinchi o‘rnida bormoqda. «Flamengo» esa 61 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi.
Neymar Braziliya chempionatining joriy mavsumida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.