Neymar dubl qayd etdi, «Santos» g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Braziliya A seriyasining 2026 yilgi mavsumi 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Santos» o‘z maydonida «Shapekoense» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
«Santos» safida jamoa yetakchisi Neymar ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. U hisobni 36-daqiqada Alvaro Barrealning uzatmasidan so‘ng ochdi. Uchrashuv so‘nggi daqiqalarida, mezbonlar 1:2 hisobida ortda borayotgan paytda, Neymar 89-daqiqada penalti aniq ijro etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
«Shapekoense»ning gollariga Marsinyo hamda «Santos» himoyachisi Joao Ananiasning o‘z darvozasiga kiritgan avtogoli sabab bo‘ldi.
20 turdan so‘ng «Santos» 22 ochko bilan Braziliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. «Shapekoense» esa 10 ochko bilan 20-o‘rin, ya’ni so‘nggi pog‘onada qolmoqda.
Neymar esa joriy mavsum klub miqyosidagi 16 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.