Neymar Braziliya terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasidan joy oldi
«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. Bu haqda TNT Sports Brasil xabar berdi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchiga imkoniyat berishga tayyor, biroq yakuniy qaror Neymarning jismoniy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Murabbiy futbolchining tayyorgarlik darajasini baholash uchun «Santos» va «Mirassol» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni bevosita stadionda kuzatib boradi.
Neymar «Santos» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. San-Paulu klubi safida u barcha musobaqalarda jami 256 ta o‘yin o‘tkazib, 149 ta gol va 71 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.