locale OZ

Neymar: «Braziliya terma jamoasiga qaytish men uchun unutilmas kun bo‘ldi»

Shotlandiyaga qarshi bahsda u 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar: «Braziliya terma jamoasiga qaytish men uchun unutilmas kun bo‘ldi»
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar milliy jamoa safiga qaytgani haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Albatta, bu kunni hayotimdagi eng alohida kunlardan biri deb ayta olaman. Har bir bola Braziliya terma jamoasi libosini kiyishni orzu qiladi, men esa uni uzoq yillar davomida sharaf bilan kiyib keldim. Jarohat oldim va juda uzoq vaqt maydondan chetda qoldim. Qaytish uchun qattiq harakat qildim va bugun, qariyb uch yildan so‘ng, yana terma jamoa safida maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldim.

Juda baxtli va hayajondaman. Bu tuyg‘ularni yana bir bor his qilish men uchun katta yengillik bo‘ldi. Menga qayg‘urgan barcha braziliyalik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, oilam va do‘stlarimga ham chin dildan rahmat aytaman», — dedi Neymar Globo nashriga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting