locale OZ

Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga shama qildi

Pentakampeonlar Norvegiyaga qarshi oʻyinda imkoniyatni boy berib turnir bilan xayrlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga shama qildi
FOTO: Getty Images

«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya milliy terma jamoasidagi faoliyatiga yakun yasayotgani borasida to‘xtaldi. JCh-2026 nimchorak finali doirasidagi Norvegiyaga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng braziliyalik vinger hissiyotlarga boy bayonot berdi. Mazkur bahs braziliyaliklarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan tugadi. Neymarning o‘zi esa zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.

«Men harakat qildim, tinimsiz harakat qildim. Endi hammasi tugadi. Men shu yerda boshlagan edim, shu yerda yakunladim ham», — deya Neymarning so‘zlarini keltirmoqda Globo nashri.

Braziliya terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U 2010-yildan buyon milliy terma jamoa safida jami 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol urgan va 59 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting