locale OZ

Neymar 2014-yildan buyon Jahon chempionatlarida eng ko‘p qoida buzilgan futbolchi bo‘lib turibdi

Braziliyalik yulduz JCh-2026'da ilk oʻyinini oʻtkazib ulgurdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar 2014-yildan buyon Jahon chempionatlarida eng ko‘p qoida buzilgan futbolchi bo‘lib turibdi
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar 2014-yildan buyon Jahon chempionatlari doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda raqiblar tomonidan eng ko‘p qoida buzilgan futbolchi hisoblanadi.

Mazkur davr mobaynida unga nisbatan boshqa har qanday futbolchiga qaraganda ko‘proq fol qayd etilgan. Bu statistika Neymarning maydondagi yuqori individual mahorati, tezkor driblinglari va raqib himoyasiga muntazam bosim o‘tkazishi bilan izohlanadi. Shu sababli himoyachilar uni to‘xtatish uchun ko‘pincha qoida buzishga majbur bo‘lishgan.

Maʼlumot uchun, 2014-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda Neymar og‘ir jarohat olib, umurtqa pog‘onasining sinishi sabab turnirni muddatidan avval tark etishga majbur bo‘lgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting