Neves Yevropaga qaytishni xohlamoqda
Nevесga hanuz asosiy da'vogar "Manchester United" bo'lib turibdi.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Ruben Nevesni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Graham Bailey xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli portugaliyalik futbolchi klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashdan bosh tortgan. U Yevropaga qaytishni izlamoqda.
Nevesga hanuz asosiy da'vogar "Manchester United" bo'lib turibdi, jamoa Rubenga anchadan beri qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi 2023 yilda Yaqin Sharqqa ko'chib o'tdi va "Al-Hilol" bilan uch mavsumlik shartnoma imzoladi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist