locale OZ

Neves: \"Siti\"ga qarshi jips bo‘lib o‘ynashimiz shart

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neves: "Siti"ga qarshi jips bo‘lib o‘ynashimiz shart
Photo: Getty Images

"Al Hilol" yarim himoyachisi Ruben Neves Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida gapirdi.

"Manchester Siti"ga qarshi jips bo‘lib o‘ynashimiz shart. "Real"ga qarshi qanday o‘ynagan bo‘lsak, o‘tgan o‘yinda va bugun qanday harakat qilgan bo‘lsak, xuddi shunday harakat qilishimiz kerak. Fikrimcha, dunyoning eng kuchli uch jamoasidan biriga qarshi maydonga chiqamiz. Men ularni juda yaxshi bilaman. Ko‘plab o‘yinchilari almashgan bo‘lsa-da, men ularning jamoasi, murabbiyi va Portugaliyalik ba’zi do‘stlarimni juda yaxshi taniyman. Angliyada bo‘lgan paytimda ularga qarshi bir necha bor o‘ynaganman va bu oson kechmagan", deydi Neves.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" – "Al Hilol" uchrashuvi 1 iyul kuni 06:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting