locale OZ

Neto «Yuventus»ga qaytishi mumkin

Neto ham «Yuventus»ga qaytishga tayyor ekanini bildirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neto «Yuventus»ga qaytishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Botafogo»dan ketganidan keyin hozircha erkin agent maqomida bo‘lgan braziliyalik darvozabon Norberto Neto Yevropaga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli golkiper bilan Turinning «Yuventus» klubi shartnoma imzolashi mumkin. «Keksa sinyora»ga Kamila Grabaraning jarohatidan keyin yangi darvozabon zarur bo‘lib qolgan. Polsha terma jamoasi a’zosi xochsimon bog‘lamlaridan jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan.

Neto ham «Yuventus»ga qaytishga tayyor ekanini bildirgan. Braziliyalik darvozabon 2015–2017-yillar davomida Turin klubi sharafini himoya qilgan.

Neto Yevropada «Barselona», «Valensiya», «Bornmut» va «Fiorentina» kabi klublarda ham to‘p surgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting