Netflix Joze Mourinyo haqidagi hujjatli filmni taqdim etdi
Netflix portugaliyalik taniqli murabbiy Joze Mourinyo faoliyatiga bag‘ishlangan yangi hujjatli filmni taqdim etishini e'lon qildi. “MOURINHO” nomli loyiha uch qismdan iborat bo‘lib, uning premyerasi 2026-yil 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Filmda Mourinyoning murabbiylik faoliyati, “Portu” bilan UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibligidan boshlangan muvaffaqiyatli yo‘li hamda “Chelsi”, “Inter”, “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”, “Roma” va “Fenerbahche”dagi faoliyati yoritiladi. Shuningdek, loyiha davomida Ser Aleks Fergyuson, Jon Terri, Zlatan Ibrahimovich, Didye Drogba, Samuel Eto'O, Iker Kasilyas va boshqa ko‘plab futbol yulduzlarining eksklyuziv intervyulari ham namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun, hujjatli film so‘nggi ikki yil davomida suratga olingan. Loyiha ilgari Devid Bekhem haqidagi mashhur hujjatli filmni yaratgan ijodiy jamoa tomonidan tayyorlangan.