locale OZ

«Neom» Pavar uchun taklif tayyorlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neom» Pavar uchun taklif tayyorlamoqda
Фото: Getty Images

“Inter” himoyachisi Benjamin Pavar jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pasquale Guarro xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Neom” klubi 29 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa ustozi Kristof Galtierning o‘zi Pavarning Saudiya Arabistoniga kelishini xohlamoqda.

Avvalroq futbolchining agenti Pini Zahavi mijozini “Barselona”ga taklif qilgandi. Biroq Kataloniya klubi hozircha aniq javob qaytargani yo‘q.

Pavarning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

2024/25 yilgi mavsumda Pavar 38 o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 25 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting