locale OZ

Ne’matulloh Rustamjonov mashxur bo'lib ketgan qosh qoqishini izohladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ne’matulloh Rustamjonov mashxur bo'lib ketgan qosh qoqishini izohladi
PHOTO: Telegram

O'zbekiston U17 terma jamoasi darvozaboni Ne’matulloh Rustamjonov Toshkent xalqaro aeroportidagi tantanali marosimdan keyin, jurnalistlar bilan kichik suhbat uyushtirdi:

Juda ham qiyin bo'ldi. Bu yo'lga biz ikki yildan beri tayyorlanamiz. Albatta, finalda ham shunaqa muhit, shunaqa atmosfera bo'lishini bilgan edik va shunga tayyorgarlik ko'rgan edik. Uch yildan beril qilyapgan mehnatlarimiz bekorga ketmadi. Xudoga shukur. Bundan keyingi Jahon chempionatida ham yaxshi natija qilishga harakat qilamiz.

Finalga ruhiy jihatdan yuz foiz tayyor edik. Bolalar bilan o'zaro gaplashganimizda hech kinda hayajon yo'q edi, lekin mas'uliyat bor edi. Hayajon yoki qo'rquvga o'xshash narsalar yo'q edi.

Qosh qoqish nimaga ishora ekanligini aytadigan bo'lsam, arab o'yinchisi oldinda baqirib yotgan edi, uni kayfiyatini ko'tarish uchun qoshimni qoqdim va evaziga u ham kulub qo'ydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting