locale OZ

Ne'matulloh Rustamjonov «Andijon»ni tark etdi

Joriy yil boshida “Andijon” safiga qo'shilgan 18 yoshli iqtidorli darvozabon Ne'matulloh Rustamjonov jamoamizni  tark etdi.
Ne'matulloh Rustamjonov «Andijon»ni tark etdi
photo: Andijon fk

Ne'matulloh Rustamjonov Andijonni tark etdi

"Joriy yil boshida “Andijon” safiga qo'shilgan 18 yoshli iqtidorli darvozabon Ne'matulloh Rustamjonov jamoamizni tark etdi.

O'zaro kelishuvga asosan mehnat shartnomasi bekor qilindi va u keyingi faoliyatini pro ligada “Respublika FA” jamoasida davom ettiradi.

"Andijon" klubi terma jamoalarimiz manfaati yoʼlida aynan termaga nomzod yosh futbolchilarni ham yanada etarli darajada oʼyin amaliyotiga ega boʼlishi tarafdori.

Ne'matulloh “Andijon” U21 tarkibida 14 ta va jamoaning asosiy tarkibida O'zbekiston Kubogi doirasida 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Biz Rustamjonovning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting