Ne’matillo Qutiboyev «Orol» bosh murabbiyligidan ketdi
U 2022 yildan beri Nukus klubini boshqarib kelayotgandi.
photo: Aral fk
Ne’matillo Qutiboyev «Orol» bosh murabbiyligidan ketdi. U 2022 yildan beri Nukus klubini boshqarib kelayotgandi.
Nukusning «Orol» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, bosh murabbiy Ne’matillo Qutiboyev o‘z arizasiga ko‘ra, ishdan ketgan.
Nukus klubi Proliga 16-turida «Olimpik-MobiUz»ga qarshi bellashuvda mag‘lub bo‘ldi. Shundan so‘ng tajribali murabbiy ishdan ketishga qaror qilgan. U 2022 yildan beri «Orol»ni boshqarib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, jamoa hozirda Proliga turnir jadvalida 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor